“Santyago Bernabeu” stadioni tennis o‘yinlariga moslashtiriladi

Sport

image

“Real Madrid”ning “Santyago Bernabeu” stadioni joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tadigan Madrid tennis turniri uchun mashg‘ulotlarni o‘tkazishga tayyorlanadi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 22 aprel kuni Ispaniya La Ligasi doirasidagi “Alaves”ga qarshi uchrashuvidan so‘ng futbol maydoni tozalanadi va stadion tennis o‘yinlariga moslashtiriladi. “Real Madrid” jamoasi ushbu davrda uchta safar o‘yinini o‘tkazadi va joriy yilning 13 may kuni “Real Ovedo”ga qarshi stadionga qaytadi.

Agar “Real Madrid” Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqsa, birinchi o‘yinni safarda o‘tkazadi, javob o‘yini esa tennis musobaqasi tugagach, 5 yoki 6 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Madriddagi turnir joriy yilning 20 aprelidan 3 mayigacha davom etadi. Amaldagi chempionlar norvegiyalik Kasper Ruud va dunyoning birinchi raqamli tennischisi belaruslik Arina Sobolenko hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis “Real Madrid” “Sant'yago Bernabeu”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing