Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Parlamenti Maslahatchilari palatasi prezidenti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
19 dekabr 769 1 daqiqa
Bugun, 19 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakat Parlamentining Maslaxatchilar palatasi prezidenti Masakazu Sekiguchi bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlar muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan. Maslaxatchilar palatasi vakillari joriy yilning aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150 yilligiga bag‘ishlangan sessiyada faol ishtirok etgan.
Yoshlarning parlamentga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, O‘zbekiston – Yaponiya yoshlar parlamentlari a’zolari forumin o‘tkazish hamda 2026 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Yoshlar parlamentlari a’zolari global konferensiyasida Yaponiya delegatsiyasining ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratilgan.
Parlamentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, texnologik va madaniy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishi muhimligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Yaponiya Imperatori bilan uchrashgan edi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr