Shri-Lanka Eronga “qo‘l cho‘zdi”

Olam

image

Shri-Lanka hukumati AQSH suvosti kemasi tomonidan Eron harbiy kemasi cho‘ktirilgan hudud yaqinida qutqarib olingan 208 nafar eronlik dengizchini harbiy lagerga joylashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Prezident Anura Kumara Dissanayake Shri-Lanka bu masalada “insoniy mas’uliyat”ni bajarayotganini urg‘ulagan. Dengiz kuchlari ikkinchi Eron kemasi “IRIS ⁠Booshehr” ekanini xabar berdi. U texnik nosozliklar, xususan dvigatel muammosi sabab harakatlanishda qiyinchilikka uchragani aytilmoqda. Shu bois uni mamlakatning sharqiy sohilidagi Trinkomali portiga olib kelishga qaror qilingan.

Eronlik dengizchilar Kolombo portiga yetkazilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shundan so‘ng ular guruhlarga bo‘lingan holda poytaxtdan taxminan 18 kilometr uzoqlikda joylashgan Velisara harbiy lagerga ko‘chirilgan. Ayni paytda 15 nafar ekipaj a’zosi kemada qolib, uni navigatsiya qilishga yordam bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “IRIS ⁠Booshehr” Shri-Lankaning iqtisodiy hududiga “IRIS Dena” harbiy kemasi cho‘ktirilganidan bir kun o‘tib kirib kelgan. “Dena” kemasi Hind okeanida AQSH suvosti kemasi tomonidan torpeda bilan zarb berilishi natijasida halokatga uchragan va undagi 87 nafar dengizchi halok bo‘lgan edi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi qutqaruv ishlarida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirgan. Ayni paytda Shri-Lanka har ikki davlat bilan yaqin savdo aloqalariga ega. AQSH mamlakat to‘qimachilik eksportining qariyb 40 foizini qabul qilsa, Eron Shri-Lanka choyining yirik xaridorlaridan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Shri-Lanka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing