Sinner tarixda atigi ikki tennischi erishgan natijani takrorladi
Sport
−
30 mart 880 1 daqiqa
Bugun, 30 mart kuni Mayami turniri finali bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning ikkinchi raketkasi, 24 yoshli italiyalik tennischi Yannik Sinner Mayami ochiq chempionatida g‘alaba qozonib, tennis tarixida atigi ikki nafar afsonaviy tennischi erishgan noyob natijani takrorladi.
Final uchrashuvida u chexiyalik tennischi Irji Legechkuni ketma-ket setlarda 6/4, 6/4 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa Sinner Mayami Masters turnirida birorta ham setni boy bermagan holda chempionlikni qo‘lga kiritdi. U bu natija bilan 24 karra “Katta dubulg‘a” chempioni Novak Jokovich hamda sakkiz karra “Katta dubulg‘a” g‘olibi Ivan Lendl erishgan yutuqni takrorladi.
Ta’kidlash joizki, Sinner musobaqa davomida bir qator kuchli raqiblarni ham mag‘lub etdi. U Aleksandr Zverevni, Frensis Tiafoni, Aleks Mikelsenni, Koranten Muteni hamda Damir Jumxurni yengib, finalga yo‘l olgandi.
Ma’lumot uchun, musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslar finalida dunyoning birinchi raqamli tennischisi, belaruslik Arina Sobolenko Koko Gauffni mag‘lub etdi.
Final uchrashuvi uch set davom etdi. Unda Sobolenko raqibasini 6:2, 4:6, 6:3 hisobida taslim qildi.
Live
Barchasi