Sirdaryoda MIB xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
10:29 2861 2 daqiqa
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida davlat ijrochilari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 18 mart kuni fuqaro A.S. ariza bilan murojaat qilib, byuroning Mirzaobod tumani bo‘limi davlat ijrochisi Sh.V. unga nisbatan yuritilayotgan ijro ishini tamomlab berish evaziga 20 mln so‘m pul talab qilayotganini ma’lum qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.S. dan undiruvchi Sh.B. foydasiga 30 mln so‘m miqdorida moddiy va ma’naviy zarar undirish belgilangan.
2025 yilning 20 noyabr kuni mazkur ijro ishi byuroning Mirzaobod tumani bo‘limi davlat ijrochisi B.D. ning ish yurituviga olingan.
2026 yilning 18 mart kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida davlat ijrochilari B.D. va Sh.V. fuqaro A.S. dan 20 mln so‘m pul mablag‘ini olib, shundan 14 mln so‘mini undiruvchi Sh.B. ga berish va qolgan 6 mln so‘mini o‘zaro taqsimlab olish jarayonida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida “Energosavdo” muhandisi 9 ming AQSH dollari pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi