Superliganing eng yaxshi futbolchilari e’lon qilindi
Sport
−
03 dekabr 1450 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev O‘zbekiston Superligasida ortda qolgan mavsumning “Yilning eng yaxshi futbolchisi” deb topildi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.
32 yoshli forvard ortda qolgan mavsumda Superligada 20 ta gol bilan to‘purarga aylangan edi. Natijada Igor 8 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston chempionatida mahalliy to‘purar bo‘lgan o‘yinchiga aylandi.
Sergeyev “Paxtakor” bilan yakuniga yetgan mavsumda O‘zbekiston kubogida g‘olibligini va Superligada jamoasi bilan kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Jizzaxning “Sug‘diyona” jamoasi futbolchisi Lyupcho Doriyev “Yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi.
Shimoliy makedoniyalik futbolchi bu mavsum Superligada 30 ta bahsda 16 ta gol va 9 ta golga assistentlik qilgan. Bundan tashqari, Samarqandning “Dinamo” jamoasi futbolchisi Firdavs Abdurahmonov Superliganing eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
20 yoshli futbolchi bu mavsum samarqandliklar safida Superligada 23 bahsda maydonga tushib, 6 gol va 3 golli uzatma qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko O‘zbekiston Superligasida ortda qolgan mavsumning “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan edi.
Live
Barchasi