Surxondaryoda 4 kishi 32 yoshli erkakni urib o‘ldirdi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Denov shahrida 32 yoshli erkak zo‘ravonlar tomonidan urib o‘ldirildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 27 aprel kuni soat 17:50 larda Denov shahri “Bog‘ishamol” mahallasi hududida joylashgan avtotransport yuvish shoxobchasi oldida 1970 yilda tug‘ilgan A.U. hamda uning farzandi 1994 yilda tug‘ilgan A.A. ni, pul oldi-berdi masalasida oldindan o‘zaro ziddiyatda bo‘lgan jiyani 1989 yilda tug‘ilgan Q.Sh. hamda uning sheriklari 1996 yilda tug‘ilgan T.Sh., 1997 yilda tug‘ilgan X.Sh. hamda 1996 yilda tug‘ilgan T.Sh.lar urib, tan jarohati yetkazib, so‘ng Gentra avtomashinasida voqea joyidan olib ketgan. 
 
Shu kuni Denov tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan jabrlanuvchi A.A. hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan kecha, 28 aprel kuni vafot etgan.

Dastlab holat yuzasidan Denov tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “k,ye” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib to‘rt nafar ishtirokchilar protsessual tartibda qamoqqa olingan. Keyinroq jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termiz shahrida bezorilik harakatlarini sodir etgan bir guruh shaxslar qo‘lga olingan edi. Ular bir guruh bo‘lib o‘tkir tig‘li jismlar bilan qurollangan holda jinoiy harakatlar sodir etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Denov Bog'ishamol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing