Tashiyevga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Olam

image

Qurvonbek Avazov Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ochiq manbalar Qurvonbek Avazovning 2020 yilda “Islohot” partiyasi ro‘yxati bo‘yicha deputatlikka nomzodini qo‘yganini bildirgan. 2024 yildan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Terrorga qarshi kurash markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.

Bundan tashqari, Doniyor Risaliyev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Kiberxavfsizlikni muvofiqlashtirish markazi direktori etib tayinlandi. Ilgari u qo‘mitaning O‘sh shahri va O‘sh viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasini 2020 yilning oktyabridan buyon Qamchibek Tashiyev boshqarib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev tug‘uruqxona binosining qurilishi boshlanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tadbirda davlatga qaytarilgan xususiylashtirilgan mulklar haqida gapirgandi. U o‘shanda “Kolya Qirg‘iz”ning 30 mln dollarlik mulki nimaga sarflanayotganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchibek Tashiev Kolya Qirg'iz Qurvonbek Avazov Doniyor Risaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing