Vazir o‘rinbosari ta’mirlashga qarshilarni qamoqxonaga ko‘chirishni taklif qildi

Olam

image

Qirg‘iziston Qurilish, arxitektura va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Talantbek Imanakunovich Bishkekdagi ta’mirlashga qarshi bo‘lganlarni qishloqlar yoki qamoqxonalarga ko‘chirishni taklif qildi. Bu haqda u “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Rasmiyga ko‘ra, poytaxt yuqoriga qarab o‘sishi kerak.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, ba’zi fuqarolar, jumladan, parlament a’zolari ham shaharda tirbandlik yildan-yilga kuchayib borayotganidan xavotirda. Agar 100 kishilik eski binolarni ta’mirlash dasturi doirasida 500 o‘rinli ko‘p qavatli uylar qurilsa, bu muammoni yanada kuchaytirishi mumkin.

“Bishkek poytaxt bo‘lgani uchun biz o‘sishimiz kerak. Men yaqinda Pekinda bo‘lganman, u yerda 10-12 linyalik katta yo‘llar bor. Aholi bir joydan boshqasiga 1-1,5 soat ichida yetib boradi, chunki bu poytaxt Pekin”, dedi u.

U aholiga: “Agar siz toza havodan nafas olishni, o‘zingizni erkin his qilishni va sizni hech kim ushlab turmasligini istasangiz, qishloq yoki qamoqxonaga boring”, deya murojaat qilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Prezident Sadir Japarov to‘g‘ri siyosat olib bormoqda.

“Hozirda viloyatlarda davlat uy-joy muassasasi tomonidan uy-joy majmualari qurilmoqda, har yili obodonlashtirish uchun milliardlab som mablag‘lar ajratilmoqda. Bu binolarda bolalar maydonchalari va boshqa qulayliklar ham bor. Bunday sharoitlar nafaqat poytaxtda, balki viloyatlarda ham bo‘lishi kerak. Ilgari Bishkek va O‘sh asosiy shaharlar bo‘lgan bo‘lsa, endilikda Manas shahri ham. Kelgusi besh yil uchun rejalarimiz va strategiyamiz bor, bu muammolarning barchasi kelajakda hal qilinadi”, dedi vazir o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chuy viloyatiga amaliy tashrifi chog‘ida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Transport va kommunikatsiyalar vazirligi rahbariyatini keskin tanqid qilib, vazirlik tarkibidagi korrupsiyaga oid ayblovlar tasdiqlansa, jazolanishini aytib, jumladan, qamoq jazosi bilan tahdid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Qurilish vazirligi Qamchibek Tashiev vazir o'rinbosari Talantbek Imanakunovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing