Tayvanlik talaba ketma-ket 4 kun kompyuter o‘ynagani uchun vafot etdi
3-sahifa
−
05 mart 4963 1 daqiqa
Tayvanlik talaba to‘rt kun va uch kecha davomida kompyuter o‘yinlarini o‘ynagani uchun sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etdi. Bu haqda “Oddity Central” nashri xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, to‘rtinchi kuni talaba hojatga bormoqchi bo‘lganida, birdan og‘riqdan qichqirib, o‘zini yo‘qotgan holda yerga qulagan. Shifokorlar uning miyadagi arteriya yorilishi natijasida katta qon ketishi yuzaga kelganini aniqlagan.
Favqulodda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganiga qaramay, talabaning holati og‘irligicha qolgan. U sun’iy nafas olish apparatiga ulangan va qon bosimini me’yorda ushlash uchun dorilar berilgan. Ko‘rilgan zarur choralarga qaramay, talaba bir necha oy o‘tib vafot etgan.
Shifokorlar bunday hodisalarni ketma-ket uzoq vaqtli kompyuter o‘yinlaridan kelib chiqadigan xavf sifatida baholamoqda. Uzoq vaqt ekran qarshisida qolish nafaqat sog‘liq uchun, hatto inson hayotiga ham xavf solishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Taylandning Pxuket orolida o‘zbekistonlik sayyohlar ishtirokida yirik dengiz halokati yuz bergandi. Korawich Marine 888 tezyurar sayr kateri baliqchi trauleri bilan to‘qnashib, jiddiy shikastlangan va ag‘darilib, cho‘kib ketgan.
Live
Barchasi