Tohir Jumaniyozov vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 20 yanvar kuni qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq vaqt xizmat qilgan Tohir Jumaniyozov 86 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Hazorasp tumani hokimligi xabar berdi.

Tohir Jumaniyozov 1939 yil 23 oktyabrda Hazorasp tumani Muxomon mahallasida dunyoga kelgan. 1959 va 1962 yillarda Hazorasp tuman paxta tozalash zavodida mexanik bo‘lib faoliyat yuritgan. 1968 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining muhandis-mexanik fakultetini tamomlagan. 1968-1971 yillarda Hazorasp tuman paxta tozalash zavodining tayyorlov punkti mudiri lavozimida ishlagan. 

1971-1973 yillarda Bog‘ot tuman paxta tozalash zavodi direktori va 1973-1981 yillarda Hazorasp tuman paxta tozalash zavodi direktori vazifalarida faoliyat yuritgan. 1981-1984 yillarda Xorazm viloyat paxta tayyorlash va ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida, 1994-1997 yillarda Hazorasp tuman “Muxomon” xususiy firmasi direktori, 1997-2006 yillarda Hazorasp tuman “Xorazm” shirkat xo‘jaligi boshqaruvi raisi hamda 2006-2014 yillarda Hazorasp tumani “Bekyoz-Jumaniyoz” fermer xo‘jaligi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

“Tohir Jumaniyozov uzoq yillar davomida nafaqat Hazorasp tumanining, balki viloyatning gullab- yashnashida, rivojlanishida, amalga oshirilayotgan islohotlarda o‘z hissasini qo‘shib kelgan halol va fidoyi inson edi. Uning, ayniqsa, tumanimizda olib borgan ishlari alohida tahsinga sazovordir.

Hazorasp tumani hokimligi jamoasi Tohir Jumaniyozovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.  

Qayd etilishicha, janoza namozi bugun, 20 yanvar kuni soat 12:00 marhumning Hazorasp tumani Muxomon mahallasida joylashgan xonadonida o‘qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshida olamdan o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Tohir Jumaniyozov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing