Jurnalist Abdusamad Yo‘ldoshev vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
23 yanvar 4132 1 daqiqa
Taniqli jurnalist, mehnat faxriysi Abdusamad Yo‘ldoshev bugun 23 yanvar kuni 86 yoshda vafot etdi. Bu haqda Jurnalistlar uyushmasi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Abdusamad Yo‘ldoshev 1940 yili Zangiota tumani, Xonobod qishlog‘ida tug‘ilgan. U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston radiosi, “Xalq so‘zi”, “Toshkent haqiqati” gazetalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Jurnalistik faoliyatining qariyb 40 yili “Toshkent haqiqati” gazetasi bilan bog‘liq. U gazetada muxbir, bo‘lim boshlig‘i, bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Abdusamad Yo‘ldoshev “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Robaxon Mahmudovaning o‘g‘li Rustam Mahmudov vafot etganligi haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir