Tom Kruz koinotda to‘y qilmoqchi
Olam
−
08 Oktabr 21062 1 daqiqa
63 yoshli amerikalik aktyor, kaskadyor, kinorejissyor, ssenarist Tom Kruz o‘zidan 26 yosh kichik model Ana de Armas bilan bo‘lajak to‘yini adrenalinga boy tarzda, kaskadyorlar kabi ekstremal o‘tkazish niyatida. Bu haqda “Muthrubhumi” nashri xabar berdi.
Insayderlarga ko‘ra, juftlik suvosti marosimi, parashyutda sakrash, hattoki koinotga uchish haqida o‘ylamoqda. Mashhurlar hali rasman unashtirilmagan bo‘lsa ham, 63 yoshli Kruz allaqachon to‘y tafsilotlarni rejalashtirmoqda. U, ayniqsa, Yerdan tashqarida turmush qurgan birinchi juftlik bo‘lish g‘oyasini ilgari surmoqda.
“Ular tavakkal qilishni yaxshi ko‘radi, shuning uchun to‘y imkon qadar noan’anaviy bo‘lishi kerak”, deb ta’kidlaydi manba.
Malumot uchun, Kruz va de Armas 2025 yil boshida uchrashishni boshlagan va iyul oyida Vermontga qo‘shma sayohat chog‘ida ishqiy munosabatlarini tasdiqlagan. Bu Tomning Mimi Rojers, Nikol Kidman va Keti Xolms bilan bo‘lgan turmushidan keyin to‘rtinchi nikohi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shu yil yozda Eron so‘nggi monarxining nabirasi Imon Pahlaviy Nyu-Yorkdagi shaxsiy to‘y marosimidan so‘ng yahudiy amerikalik tadbirkor Bredli Shermanga Parijda turmushga chiqqandi.
Live
Barchasi