Toshkent metrosining yopilgan yo‘nalishi qachon qayta ochilishi aytildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 avgust kuni Toshkent metropolitenida profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida 14 ta bekatdan iborat “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ushbu yo‘nalish joriy yilning 1 noyabr sanasidan ishga tushishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent metropolitenining matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishida olib borilgan profilaktika ishlari doirasida tekshiruvlar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar, jumladan, yo‘l holatlari, nosoz shpallar, drenaj tizimidagi muammolar bartaraf etilgan.

Avvalroq ushbu yo‘nalish taxminan 18 oktyabrda ishga tushirilishi mumkinligi aytilgan edi. Biroq hozircha poyezdlar yo‘lovchilarsiz sinov tariqasida harakatlanmoqda. Harakat tezligi ikki barobar oshirilishi va oraliq intervallar qisqartirilishi sabab yo‘nalishning to‘liq ochilishi 1 noyabr atrofida rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan Toshkent metropolitenini rivojlantirish bo‘yicha rejadagi loyihalarga ko‘ra, Toshkent metropoliteni liniyasini Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent metro Texnopark – Qipchoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing