Toshkentda havo ifloslanishi fonida issiqxonalarga reyd uyushtirildi (video)

Jamiyat

image

Toshkent shahri va viloyatida yarim tunda issiqxonalarga reyd uyushtirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi keskin oshgani aholi o‘rtasida jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.

Mavjud vaziyatni bartaraf etish maqsadida Administratsiya rahbari topshirig‘iga binoan Ekologiya mutasaddilari hamda huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan Toshkent viloyati va Toshkent shahrida keng ko‘lamli reyd tadbirlari boshlab yuborilgan.

Reydlar davomida havo sifati monitoringi, havo ifloslanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Ekologik me’yorlarni buzayotgan issiqxonalar, turli xil pechlar va havoga zararli moddalar chiqarayotgan korxonalar faoliyati Ishchi guruh tomonidan tekshirilmoqda.

Atmosfera havosini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ekologik harakat boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan maxsus komissiya tuzilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent issiqxona havo ifloslanishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing