Toshkentda 19 yoshli yigit xorijlikka majburlab nos chektirmoqchi bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
14:40 5323 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida noma’lum shaxs chet el fuqarosiga nosvoy chekishni taklif qilayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 25 yanvar kuni Chilonzor tumanida joylashgan istirohat bog‘larining birida 2006 yilda tug‘ilgan M.K. chet el fuqarosiga nosvoy chekishni taklif qilgan va uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan M.K.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘z echkiemarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lib, unga nos chektirgandi.
Live
Barchasi