Toshkentda Lacetti va Matiz to‘qnashib ketdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
07:51 2599 1 daqiqa
Kecha, 15 mart kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida Lacetti va Matiz mashinalari to‘qnashib ketishi oqibatida Matiz haydovchisi vafot etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 05:00 larda Olmazor tumani Sebzor-Nurafshon ko‘chalari chorrahasida Lacetti va Matiz rusumli transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH ortidan Matiz transport vositasining haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida mast holda odam yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan Ichki ishlar boshqarmasi inspektori 3 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum etilgandi.