Toshkentda videolarni tarqatish bilan “shantaj” qilgan yigit ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida sir tutilishi kerak bo‘lgan rasm va videolarini tarqatish bilan “shantaj” qilgan 25 yoshli yigit ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar IIBBga fuqaro murojaat qilib, undan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilayotgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Aniqlanishicha, 2001 yilda tug‘ilgan 25 yoshli fuqaro jabrlanuvchiga tegishli, sir tutilishi kerak bo‘lgan foto-videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitgan. Buning evaziga jabrlanuvchidan 200 AQSH dollar miqdorida pul berishini talab qilgan.

Jabrlanuvchining murojaati asosida Qobil ismli shaxs tovlamachilik yo‘li bilan jabrlanuvchidan talab qilgan 200 AQSH dollar miqdoridagi pullarni olgan paytda daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida tovlamachilik orqali pul ishlamoqchi bo‘lgan jinoiy guruh aniqlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi “shantaj”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing