Toshkentda yong‘in xavfsizligiga rioya qilmagan bozor faoliyati to‘xtatildi
Jamiyat
−
08:24 2397 1 daqiqa
Toshkent shahrida joylashgan qurilish bozorining (Stroy gorod) 2-blokida faoliyat vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 9 fevral kuni Toshkent shahar FVBB tomonidan Uchtepa tumanida joylashgan qurilish bozorida savdo binolari va xonalari tegishli tartibda tekshirilgan.
Tekshiruv davomida bozorning 2-blokida yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan va kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunga qadar 2-blok ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni Toshkent shahri hududida odamlar gavjum bo‘lishi mumkin bo‘lgan binolarning favqulodda vaziyatlar, xususan, yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilgandi.
Live
Barchasi