Tojikistonda sel oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 3 may kuni Tojikistonda kuzatilgan kuchli yomg‘irlar va sel oqimlari oqibatida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Tojikiston ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Qayd etilishicha, eng og‘ir vaziyat Ko‘lob shahrida kuzatilgan bo‘lib, u yerda besh kishi jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan. 450 ga yaqin aholi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda 850 ga yaqin turarjoy binosini suv bosgan. Noqulay ob-havo oqibatlari mamlakatning boshqa hududlariga, jumladan, Dushanbe shahriga ham ta’sir ko‘rsatgan. 

Shifoxonalar, maktablar, turarjoylar va yo‘l infratuzilmasiga zarar yetganligi xabar qilinmoqda. Bir qator tumanlarda ko‘priklar vayron bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi ekinzorlarini suv bosgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida 90 dan ortiq uyni suv bosgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, O‘zbekistonning boshqa hududlarida, jumladan, Toshkentda ham kuchli yomg‘ir kuzatildi. Poytaxt yo‘llarini suv bosdi.  


Maqola muallifi

Teglar

sel kuchli yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing