Turkiyada suv toshqini sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
14:19 2547 1 daqiqa
Kecha, 8 aprel kuni Turkiyaning Usmoniya viloyatida kuchli yomg‘irlar ortidan sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida avtomobildagi 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sözcü” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qodirli tumanidagi Bulbul darasi kuchli yomg‘ir oqibatida toshib, ko‘plab mahallalarni suv bosgan. Toshqin oqibatida ba’zi avtomobillarni oqim olib ketgan, ba’zilari esa suv ostida qolgan. Shunday mashinalarning birida bo‘lgan ikki kishi qutqaruv xizmati yetib kelgunga qadar halok bo‘lgan.
Viloyat hokimi Mahmud Fotih Serdengechti tumani hududlariga borib, kuchli yomg‘irdan zarar ko‘rgan hududlarda tekshiruv olib borgan.
“Tumanning Sog‘liqni saqlash bo‘limi va O‘qituvchilar uyi hududidagi avtoturargohda 2 fuqaro halok bo‘ldi. Avtomobil olib ketildi. Sel va toshqin xabarlari asosida barcha qutqaruv xizmatlari, shuningdek, mahalliy hokimiyat va yong‘in xavfsizligi xizmati jami 550 nafar xodim va 150 dan ortiq texnika vositalari bilan fuqarolarimizning avvalo hayot xavfsizligini ta’minlash, so‘ng moddiy zararni bartaraf etish bo‘yicha tezkor ish olib borgan”, degan viloyat hokimi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda mart oyining oxiridan buyon kuzatilayotgan kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 148 nafarga yetgandi.
Live
Barchasi