Tramp Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash niyati yo‘qligini aytdi
Olam
−
24 aprel 1896 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi yadro qurolidan foydalanishni rejalashtirmayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan hech qanday mantiq yo‘q. Bu haqda u bugun, 24 aprel kuni Oq uyda jurnalistlarga ma’lum qildi.
Jurnalistlar Amerika yetakchisidan hozirgi mojaro davomida Qo‘shma Shtatlar tomonidan Eronga qarshi yadro quroli qo‘llanilishi ehtimoli haqida so‘ragan. Tramp bunga qarshi ekanini bildirib, berilgan savolni “ahmoqona” deb atagan.
“Nima uchun men yadro qurolidan foydalanishim kerak? Biz usiz ham oddiy vositalar bilan ularni butunlay tor-mor etdik”, deydi AQSH Prezidenti.
U yadro qurolini qo‘llash mumkin emas deb hisoblaydi.
“Yo‘q, men undan foydalanmagan bo‘lardim. Hech kimga yadro qurolini ishlatishga ruxsat berilmasligi kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Tramp.
Bungacha Donald Tramp Eronga nisbatan yangi bayonot berib, unda “mamlakatning qolgan qismini portlatib yuborish” bilan tahdid qilgan edi. Amerika yetakchisining fikricha, Eron Hormuz bo‘g‘ozi yopilishini emas, balki kuniga 500 million dollar ishlab topish uchun uning ochilishini xohlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Nimits” turidagi USS George H.W. Bush aviatashuvchisi Hind okeaniga yetib borgani haqida xabar berilgan edi. CNN xabariga ko‘ra, Pentagon Eron bo‘yicha yangi hujum rejalari ishlab chiqmoqda va sulh buzilgan taqdirda ular amalga oshirilishi mumkin.
Live
Barchasi