Tramp Netanyaxuni haqorat qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot chog‘ida uning Bayrutga bergan zarbasidan keskin norozilik bildirganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytgan

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Livan poytaxtiga hujumni AQSH va Eron o‘rtasida urushni yakunlashga qaratilgan memorandum imzolanishi kutilgan paytda amalga oshirgan. Shu sabab u Netanyahu bilan suhbatda: “Nima qilayotganingni o‘ylayapsanmi?” deya keskin tanbeh bergan.

AQSH Prezidenti Netanyahu harakatidan g‘azablanganini bildirib, uning “to‘g‘ri qaror chiqarish qobiliyati yo‘qligini” aytgan. Tramp, shuningdek, Isroil tomonini “Hizbulloh”ga qarshi yangi hujumlarni amalga oshirmaslikka chaqirgan.

Uning ta’kidlashicha, AQSH va Eron o‘rtasidagi kelishuv o‘sha kuni imzolanishi kerak bo‘lgan, biroq Isroilning Bayrutga bergan zarbasi bu jarayonni kechiktirgan. Tramp kelishuv yaqin soatlarda elektron shaklda imzolanishi, keyinchalik esa Yevropada rasmiy marosim o‘tkazilishi mumkinligini aytgan.

Qayd etish joiz, Isroil armiyasi Bayrut janubidagi Dahiya hududiga avia zarba bergan edi. Livan milliy axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, yana 15 kishi jarohat olgan.

Hujumdan so‘ng Eron parlamenti spikeri va muzokaralar guruhi rahbari Muhammad Boqir G‘olibof AQSHni tanqid qilib, agar Isroilning hujumlari davom etsa, muzokara jarayoni to‘xtashi mumkinligidan ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar fonida mamlakat Livan, Suriya chegarasi va G‘azo sektorining bir qismidagi harbiy nazoratni saqlab qolish niyatida ekanini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing