Trampning odami yana Putinning huzuriga boradi – OAV 

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner va maxsus elchi Stiv Uitkoff Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH va Rossiya rasmiylarining uchrashuvi joriy yil yanvar oyidayoq bo‘lishi mumkin, ammo bu xabar hozircha rasmiy tasdiqlanmagan va Erondagi tartibsizliklar sabab vaqt o‘zgarishi mumkin. 

Nashrga ko‘ra, AQSH rasmiylari Putin va uning jamoasiga tinchlik bo‘yicha eng so‘nggi takliflarni taqdim etadi. Muzokaralar AQSH va Yevropadan xavfsizlik kafolatlari, hamda Ukraina urushdan keyingi qayta qurilishi masalalarini qamrab olishi kutilmoqda. 

Bu xabar Trampning ushbu oy boshida Putin bilan Ukrainadagi urushning davom etishi bo‘yicha noroziligi haqida qilgan izohlariga to‘g‘ri keladi. U o‘shanda urushni tugatish oson bo‘lishiga umid qilayotganini ta’kidlagandi.   

Ma’lumki, o‘tgan 2025 yilning 2 dekabr kuni ham Kreml saroyida Moskva va Vashington o‘rtasida Rossiya-Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tgandi. Unda Vladimir Putin, uning yordamchisi Yuriy Ushakov, Prezidentning maxsus vakili Kirill Dmitriyev hamda AQSH tomonidan Stiv Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kushner ishtirok etgan edi.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uittkoff Eron so‘nggi shohining o‘g‘li Rizo Pahlaviy bilan yashirin uchrashuv o‘tkazib, Eronni qamrab olgan norozilik namoyishlarini muhokama qilgani haqida xabar berilgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp Ukraina Jared Kushner Stiv Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing