U-17 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston alamli tarzda Yaponiyaga yutqazdi
Sport
−
19 may 10704 1 daqiqa
Bugun, 19 may kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogida yarim final bosqichida yaponiyalik tengqurlari bilan bahs olib bordi. Qiyin o‘tgan o‘yinda o‘zbekistonliklar alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi O‘zbekiston vakillarining katta ustunligida o‘tdi. O‘yinning 28-daqiqasida yaponiyaliklar himoyachisi o‘zbekistonlik hujumchiga qarshi o‘z maydonida qo‘pollik ishlatdi. Hakam bu vaziyatda O‘zbekiston foydasiga penalti belgiladi. Bundan oldin 3 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan Asilbek Aliyev imkoniyatni golga aylantirdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Taym davomida yana bir qancha imkoniyatlar bo‘lganiga qaramay, hisob boshqa o‘zgarmadi.
Ikkinchi bo‘lim hisobda ortda qolayotgan “samuraylar” ustunligida o‘tdi. Asosiy vaqtda hisob o‘zgarmagan bo‘lsa-da, hakam o‘yinga qo‘shib bergan vaqtning oltinchisida yaponiyaliklar hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa o‘yin g‘olibi penaltilar seriyasi orqali aniqlandi. Unda yaponiyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi finalchi Xitoy va Avstraliya o‘smirlari o‘rtasidagi o‘yin orqali ma’lum bo‘ladi.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may