O‘zbekiston Osiyo kubogining chorak finaliga chiqdi
Sport
−
09:58 2780 1 daqiqa
Kecha, 13 may kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi 3-turida Avstraliyaga qarshi maydonga tushdi. Unda Sergey Chigodayev shogirdlari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va guruhda 1-o‘rinni egalladi.
Uchrashuvning 28-daqiqasida Mirkomil Murodov uchrashuvda hisobni ochuvchi golga mualliflik qilgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakunida, 45-daqiqada Ahror Ravshanbekov O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini ikkinchi golini kiritdi. So‘ngra, o‘yin yakuniga qadar ushbu hisob saqlanib qoldi va Sergey Chigodayev shogirdlari turnirdagi ikkinchi g‘alabasini rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi “D” guruhi peshqadami sifatida chorak finalga yo‘l oldi. Endilikda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo kubogining chorak finalida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin joriy yilning 16 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, ushbu yosh toifasidagi 2025-yilgi Osiyo kubogi sohibi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hisoblanadi.

Live
Barchasi