O‘quvchilari sinfda klip ko‘rgan maktabning rahbariyati va mas’ullari ishdan olindi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari sinfxonasida behayo klip tomosha qilayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, videolavhadagi holat Sardoba tumanidagi 5-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan.

“O‘quvchilarni darsdan bo‘sh vaqtida nazoratsiz qoldirib, ushbu holat yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ygani uchun sinf rahbari, maktab direktori, direktorning o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi”, deyiladi boshqarma xabarida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda dars paytida qarta o‘ynagan o‘quvchilarning ota-onasi jazolangandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Sirdaryo o'quvchi Sardoba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made