Ukraina Rossiyaga dron xujumlari uyushtirdi

Olam

image
Rossiyaning Bryansk viloyatida Ukraina dronlari hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Bu haqda bugun, 13 iyun kuni Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
 
Rossiya bilan chegaradosh Bryansk viloyati gubernatori Yegor Kovalchukning ma’lum qilishicha, chegara yaqinidagi qishloqlardan birida dron zarbasi natijasida bir kishi vafot etgan, yana bir kishi tan jarohati olgan. Viloyat tezkor shtabi havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari 62 ta dronni yo‘q qilganini bildirgan. Biroq bu amaliyot qachon bajarilganiga aniqlik kiritilmagan.
 
Rossiya Mudofaa vazirligi Telegram orqali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, juma kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida mamlakatning o‘nlab hududlari osmonida jami 185 ta ukrain droni tutib qolingan yoki urib tushirilgan. Ularning aksariyati Rossiyaning markaziy hududlari uzra aniqlangan.
 
Moskva shahar meri Sergey Sobyanin kun davomida bir necha marta bayonot berib, poytaxt tomon uchib kelayotgan dronlar yo‘q qilingani va mutaxassislar ularning parchalarini o‘rganayotganini ma’lum qilgan.
 
Rossiya axborot agentliklarining norasmiy hisob-kitoblariga ko‘ra, juma kunining o‘zida Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchgan kamida 27 ta dron urib tushirilgan.
 
So‘nggi oylarda Ukraina Rossiya hududidagi o‘rta va uzoq masofadagi nishonlarga qarshi dron hujumlarini kuchaytirgan. Bu hujumlar asosan neft sanoati bilan bog‘liq ob’ektlarga qaratilmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburgning Finlyandiya vokzali yaqinidagi sanoat hududida yong‘in oqibatida portlash sodir bo‘lgandi.
 

Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina dron xujumlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing