O‘zbekiston harbiylari AQSHda “Eng yaxshi jangchi - 2026” tanlovida g‘olib bo‘ldi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik harbiylar Missisipi shtatidagi “Camp Shelby” harbiy o‘quv bazasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 16-18 mart kunlari AQSH ning Missisipi shtatidagi “Camp Shelby” harbiy o‘quv bazasida bo‘lib o‘tgan “Eng yaxshi jangchi – 2026” tanlovida kichik serjant Salomov Ilhom va 3-darajali serjant Avlaev Turdimurod ishtirok etgan.

Musobaqa davomida ishtirokchilar individual jismoniy tayyorgarlik testidan, jismoniy va ruhiy stressni yengib o‘tish uchun mo‘ljallangan murakkab to‘siqlar yo‘lagidan, 15 kilometr masofada tungi navigatsiya, 20 kilogramm yuk bilan 20 kilometrlik majburiy yurish, jangovar va umumiy tayyorgarlik bo‘yicha testlar, harbiy hamkorlik mavzusida kamida 500 so‘zdan iborat insho yozish, artilleriya o‘qlarini boshqarish, NATO standartidagi kichik qurollarni qisman qismlarga ajratish va yig‘ish va ularni jangovar holatga keltirish, turli sharoitlarda o‘q otish, tibbiy yordam ko‘rsatish va notanish hududga vertolyot aviatsiyasini chaqirish hamda keyin arqon yordamida nishonga qo‘nish kabi kutilmagan vazifalarni bajarishdan iborat 13 xil testdan o‘tgan.

Jamoaviy musobaqada o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 20 kilogrammlik yuk bilan 20 kilometrlik majburiy yurishni 1 soat 48 daqiqada yakunlagan. 

Shaxsiy musobaqada 3-darajali serjant Avlaev Turdimurod murakkab to‘siqlar yo‘lagini 10 daqiqa 34-soniyada, kichik serjant Salomov Ilhom esa 15 kilometrlik tungi navigatsiya vazifasini 59-daqiqada muvaffaqiyatli bajarib, barcha yo‘nalishlarda musobaqa rekordlarini yangilagan.

Musobaqadan so‘ng o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarga maxsus sovrin topshirilgan. 

Ma’lumot uchun, 2019 yildan beri O‘zbekiston vakillari ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

G‘oliblar kecha, 22 mart kuni g‘oliblar poytaxtning Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Camp Shelby Eng yaxshi jangchi – 2026 Salomov Ilhom Avlaev Turdimurod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar