O‘zbekiston fuqaroligini olgan tennischi WTA 125 chempioni bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi vakili Kamilla Rahimova Fransiyaning Anje shahrida yakunlangan WTA 125 Open Angers Arena Loire turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi. 

Kamillaning chempionlik sari yo‘lida turnirning ikkinchi raqamli tennischisi xorvatiyalik Ana Rujich ustidan qozongan 4–6, 6–3, 7–5 hisobidagi g‘alabasi bilan turnirning final bosqichiga yo‘l oldi. 

Hal qiluvchi final uchrashuvida Rahimova germaniyalik Tamara Korpachga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan matchda WTA reytingida 112-o‘rinni egallab turgan Rahimova 6/3, 7/6(4) hisobida g‘alaba qozonib, Anje turniri bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Anjedagi g‘alaba Rahimovaning WTA 125 darajasidagi joriy mavsumdagi ilk chempionligi hisoblanadi.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2001 yil 28 avgust kuni Yekaterinburgda tug‘ilgan 24 yoshli Kamilla Rahimova O‘zbekiston fuqaroligini olgan edi. Bu chempionlik Rahimovaning O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi ilk turniri va dastlabki chempionlik sovrini bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Kamilla Rahimova WTA 125

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing