Turindagi ATP turnirida ikki muxlis vafot etdi

Sport

image

Joriy yilning 10 noyabr kuni tennis bo‘yicha Italiyada o‘tayotgan “ATP Finals” musobaqasining ikkinchi kunida fojiali hodisa yuz berdi. Turindagi “Inalpi Arena”da ikki nafar muxlis yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda “Corriere dello sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 70 va 78 yoshli erkaklar turli vaqtlarda yurak xurujiga duch kelgan. Har ikkisi ham tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan, biroq ularning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, birinchi holatda 70 yoshli muxlis o‘yinlar o‘tkaziladigan hudud yaqinida yurak xurujiga uchragan. Ikkinchi marhum esa 78 yoshli erkak bo‘lib, italiyalik Lorenso Muzetti va amerikalik Teylor Frits o‘rtasidagi bahs vaqtida tribunada hushini yo‘qotgan.

Rasmiylarga ko‘ra, voqealarning bir-biriga aloqasi yo‘q va ular turnir jadvaliga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan. ATP va Italiya Tennis federatsiyasi (FITP) marhumlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 noyabr kuni Serbiyaning “Radnichki 1923” jamoasi bosh murabbiyi, 44 yoshli bosniyalik mutaxassis Mladen Jijovich milliy chempionat doirasidagi “Mladost Luchani”ga qarshi o‘yin davomida yurak xurujidan vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis yurak xuruji ATP Finals

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing