O‘zbekiston Rossiyadan makaron sotib olishni oshirdi
Jamiyat
−
17:10 1801 1 daqiqa
Rossiya makaron mahsulotlari eksportini 2025 yilning dastlabki 9 oyida 21 foizga oshirdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Eksport mahsulotlarini rivojlantirish federal markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu davrda Rossiya 154 million dollarlik makaron mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib bergan. Eksportning asosiy ulushi an’anaviy tarzda qo‘shni davlatlarga to‘g‘ri keladi.
Belarus 35 foizlik ulush bilan yetakchilik qilmoqda. Yil boshidan buyon ushbu mamlakatga 54 million dollarlik mahsulot jo‘natilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 43 foizga ko‘p.
Qozog‘iston ikkinchi o‘rinda turibdi – mamlakat 36 million dollarlik Rossiya makaronini xarid qilgan, bu esa 2024 yilning shu davriga nisbatan 1 foizlik o‘sishni tashkil etadi. O‘zbekiston esa 16 million dollar bilan kuchli uchlikni yakunlab, importni 19 foizga oshirgan.
Qadoqlanmagan makaronlar Rossiya eksportining asosiy qismini tashkil qiladi – 2025 yilda ushbu toifa eksport tushumining qariyb 63 foizini egallagan. Tuxumsiz pishirilmagan makaron esa 32 foizlik ulush bilan ikkinchi o‘rinda.
“Makaron mahsulotlari sobiq Ittifoq hududidagi hamda undan tashqaridagi ko‘plab davlatlarda asosiy oziq-ovqat mahsulotidir. Bozorning yuqori talab darajasi, Rossiyadagi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari va mahsulot turlarining muntazam yangilanib borishi eksport salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda”, dedi Federal agroeksport markazi rahbari Ilya Ilyushin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 2024 yilda Rossiyadan 39 million dollar qarz olgani aytilgandi.
Live
Barchasi