Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 7 dekabr kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekistonning ikki fuqarosi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 08:57 da Aqto‘be viloyatining Aytekebi tumanidan o‘tgan respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 1028 kilometrida “Perm-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan Yutong rusumli avtobus yon tomonga ariqqa ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda avtobusda bo‘lgan 49 yo‘lovchidan 5 nafari vafot etgan, ulardan 2 nafari o‘zbekistonlik bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, FVV Qozog‘istonning mas’ul vazirlik va idoralari bilan birgalikda ishchi guruh tuzgan holda, YTH oqibatida vafot etganlarni O‘zbekistonga olib kelish va ularning oila a’zolariga dafn marosimlarini o‘tkazishda har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

“Hozirda Favqudodda vaziyatlar vazirligining mas’ul xodimlari qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda”, deyilgan vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli o‘zbekistonlik yigit vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qozog'iston FVV avariya Perm'-Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing