O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida 65,2 mingta elektromobil ro‘yxatga olingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Hududlar buyicha elektromobillar soni:

  1. Toshkent shahri – 49 736 dona;
  2. Toshkent viloyati – 4 512 dona;
  3. Samarqand viloyati – 1 739 dona;
  4. Xorazm viloyati – 1 415 dona;
  5. Farg‘ona viloyati – 1 376 dona;
  6. Qashqadaryo viloyati – 1 338 dona;
  7. Buxoro viloyati –  1 133 dona;
  8. Navoiy viloyati – 901 dona;
  9. Andijon viloyati – 878 dona;
  10. Namangan viloyati – 700 dona;
  11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi  – 525 dona;
  12. Sirdaryo viloyati – 404 dona;
  13. Jizzax viloyati – 302 dona;
  14. Surxondaryo viloyati – 198 dona.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 224,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 24 095 dona elektromobil import qilingan.

O‘tgan yili O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:

  1. Xitoy – 23 982 ta;
  2. Qozog‘iston – 51 ta;
  3. Gonkong – 17 ta;
  4. Germaniya – 15 ta;
  5. BAA – 13 ta;
  6. AQSH – 10 ta.

Maqola muallifi

Teglar

statistika elektromobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing