O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oysha Jo‘rayeva vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
24 mart 24242 1 daqiqa
Bugun, 24 mart kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oysha Jo‘rayeva 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga aktrisaning nevarasi Gulsanam Abdulohunova ma’lumot berdi.
Taniqli o‘zbek aktrisasi 1947 yilning 24 mart kunida Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida dunyoga kelgan. Aktrisa sifatida Oysha Jo‘rayeva ijrosida yaratilgan obrazlar tabiiyligi bilan ajralib turadi. Shu orqali u tomoshabinlar qalbidan joy olishga muvaffaq bo‘lgan.
U o‘z faoliyati davomida “Meros”, “Jumboq”, “Toliqqan ko‘ngillar”, “Armonli dunyo”, “Burch”, “Jasur”, “Narigi sohilda qolgan bolalik”, “Suv yoqalab”, “Maysaraning ishi”, “Qabrdagi xazina” va boshqa filmlarda rol ijro etgan va xalqqa tanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ortiqboy Abdullayev vafot etgandi.
Live
Barchasi