O‘zbekistonda sobiq amaldorlar 600 dan ortiq odamni $90 mlnga “uxlatdi”
3-sahifa
−
14 may 6783 2 daqiqa
O‘zbekistonda bir guruh Tashqi mehnat migratsiya va xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirilgan korrupsion sxema aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bir guruh shaxslar, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat uyushgan jinoiy guruh Koreya davlatiga mehnat muhojiri sifatida ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema yaratib, 35 nafar fuqarodan jami 263,5 ming AQSH dollari noqonuniy olinganligi aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan departament tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tergovda ma’lum bo‘lishicha, Koreyaga ishga yuborish uchun jinoiy guruh tomonidan rasmiy to‘lovlardan tashqari firibgarlik yo‘li bilan 7-12 ming AQSH dollardan qariyb 90 mln AQSH dollari yig‘ilgan.
“Hozirda Koreyaga ishga yuborilmagan 600 dan ziyod fuqarodan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, undirish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi manbada.
Bir guruh shaxslar, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalari 230 nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborishlari evaziga 580 ming AQSH dollari, Koreyaga yuborilgan 1 000 nafar fuqarodan noqonuniy ravishda 5,6 mln AQSH dollari jami 45 mln AQSH dollarini olganliklari ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlarning Koreyaga ishga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklardan 408 ming dollar olganligi haqida xabar qilingan edi.
Oybek Rustamov
Live
Barchasi