O‘zbekistonda yer qimirladi
Jamiyat
−
03 fevral 6328 1 daqiqa
Bugun, 3 fevral soat 15:38 da O‘zbekistonning bir nechta nuqtalarida zilzila sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Zilzila magnitudasi 3,7 ball, chuqurligi 10 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 230 km janubiy-g‘arbda, Samarqand va Jizzax viloyatlarining bir nechta tumanlarida sezilgan. Magnituda: 3,7. Epitsentr: Baxmal tumani, Jizzax viloyati. Koordinatalari: 39,62 daraja shimoliy kenglik, 67,56 sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Bulung‘ur tumanida 2-3 ball, 23 km.
Baxmal tumanida 2-3 ball, 26 km.
Toyloq tumanida 2 ball, 36 km.
Urgut tumanida 2 ball, 44 km.
Jomboy tumanida 2 ball, 45 km.
G‘allaorol tumanida 2 ball, 48 km.
Aliqulov Javohir
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral