O‘zbekistondan Yaqin Sharqqa parvozlar vaqtincha to‘xtatildi

Jamiyat

image

Yaqin Sharqdagi joriy vaziyat munosabati bilan barcha rezident va norezident aviakompaniyalar O‘zbekiston aeroportlaridan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Eron, Quvayt va Isroil aeroportlariga amalga oshiriladigan parvozlarni vaqtincha to‘xtatib turadi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda rezident va norezident aviakompaniyalar tomonidan 2026 yil 28 fevralgacha jo‘nab ketgan yo‘lovchilarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida parvozlar amalga oshirilmoqda. Ushbu reyslar bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun faqatgina aviakompaniyalarning vakolatxonalariga va ularning rasmiy veb-saytlarida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga (ishonch telefonlariga) murojaat qilish lozim. 

Ehtimoliy tushunmovchiliklar va moliyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida faqat rasmiy ma’lumot manbalaridan foydalanish va tekshirilmagan vositachilarga murojaat qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli ushbu mintaqadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha Bosh vazir Abdulla Aripovga topshiriq bergani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaqin Sharq parvoz Uzbekistan Airports

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing