O‘zbekistoning raqibi Chilini mag‘lub etdi
Sport
−
07 iyun 7069 1 daqiqa
Kecha, 6 iyun kuni O‘zbekistonni mundialdagi raqibi Portugaliya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Unda portugallar Chilini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Oeyrash shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar safida gollarga Gonsalu Gedesh (58-daqiqa) va Brunu Fernandesh (75) mualliflik qildi. Chili terma jamoasining yagona golini Lukas Sepeda qo‘shimcha vaqtning ikkinchi daqiqasida kiritdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan vaqtda maydonda keskin mojaro kelib chiqdi. Chili yarmida maydonida yuz bergan to‘qnashuvdan so‘ng har ikki jamoa futbolchilari va zaxiradagilar ishtirokida ommaviy mushtlashuv boshlandi.
Vaziyat davomida Portugaliya hujumchisi Rafael Leau Chili himoyachisi Ivan Romanning yuziga musht tushirdi. Roman yerga yiqilib tushdi va unga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Italiyalik hakam Luka Sufferli birinchi bo‘lim qo‘shimcha vaqtining ikkinchi daqiqasida har ikki futbolchiga ham qizil kartochka ko‘rsatdi. Shunga qaramay Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati oldidan dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi.
Portugaliya terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini joriy yilning 10 iyun kuni Nigeriyaga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Portugaliya uchrashuvi mundialning ikkinchi turida joriy yilning 23 iyun’ kuni AQSHda bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi