Odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol Turkiyada ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda firibgarlik jinoyatini sodir etib, 6 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan hamda odam savdosi bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada qo‘lga olinib, mamlakatga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayol O‘zbekistonda firibgarlik jinoyatini sodir etib, 6 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan. U O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Mazkur shaxs fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborish bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda ularni AQSH va Yevropa davlatlariga yuqori maoshli ishlarga yuborishni va’da qilib, ularning ishonchiga kirgan hamda katta miqdordagi mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, 135-modda (odam savdosi) jinoyatini sodir etib qochib yurgan yana bir nafar shaxs ushlanib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

“O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida hozirda yana bir nechta qidiruvdagi shaxslarni aniqlash, ushlash va O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tegishli protsessual hamda tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda giyohvand moddalari savdosi bilan shug‘ullanib, huquq-tartibot organlaridan yashirinish uchun chet elda qochib yurgan qidiruvdagi 37 yoshli shaxs AQSHda qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik odam savdosi Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing