Yerning botishi: NASA tarixiy fotosuratlarni e’lon qildi
Bu qiziq
−
07 aprel 8040 1 daqiqa
NASA’ning Artemis II missiyasi astronavtlari Oyning orqa tomonidan Yerga qaralganda sayyoraning botishi qanday ko‘rinishi aks etgan fotosuratlarni e’lon qildi. Ushbu suratlar astronavtlarning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirilgan.
“Artemis II missiyasi ekipaji Yer botishining ushbu ko‘rinishini 2026 yil 6 aprel kuni Oy atrofida uchib o‘tish vaqtida muhrladi. Bu tasvir 58 yil avval Apollo 8 ekipaji Oy atrofida aylanayotganda astronavt Bill Anders tomonidan olingan mashhur “Yer chiqishi” suratini yodga soladi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Oq uyning Xʼdagi akkaunti ham Artemis II astronavtlari tomonidan Oy orbitasidan turib olingan quyosh tutilishi surati bilan bo‘lishdi.

“Yerdan tashqaridagi to‘liq tutilish. Oy orbitasidan turib qaralganda, Oy Quyoshni to‘sib, insoniyat tarixida juda kam sonli odamlar ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan manzarani namoyon etdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Artemis II kemasi ekipaji fazodan Yerning yangi suratlarini e’lon qilgandi.
Live
Barchasi