YTHda oyoqlari uzilib ketgan qizning ahvoli qanday?
3-sahifa
−
16 may 9438 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida mototsikl 15 yoshli qizni urib yuborgani va oqibatda uning oyoqlari uzilib ketgani haqida xabar berilgan edi. Ayni vaqtda qiz Olmaliq shahar markaziy shifoxonasi reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda. Bu haqda Olmaliq shahar markaziy shifoxonasi bosh shifokori Laziz Hojinazarov QALAMPIR.UZʼga ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bemor 14 may kuni soat 23:30 lar atrofida Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga olib borilgan. So‘ng unga shifokorlar tomonidan zudlik bilan yordam ko‘rsatilgan hamda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Operatsiya davomida chap oyoqning tizzadan pastki qismi olib tashlangan. O‘ng oyog‘i esa to‘pig‘idan gipsga o‘ralgan. Shuningdek, tanasidagi shilingan va jarohatlangan joylar tozalanib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemor reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan, unga qon quyilgan.
Hozirda u umumiy bo‘limga o‘tkazishga tayyorlanmoqda.
Voqea qanday sodir bo‘lgandi?
Holat joriy yilning 14 may kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida sodir bo‘lgandi. Viloyat YHXBga ko‘ra, taxminan 23:00 larda Amir Temur ko‘chasida haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro S.F. mototsikl boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘lning piyodalar uchun belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 2011 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi