Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
04 may 3849 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va mamlakatga tashrif bilan kelgan Malayziya qirolichasi Raja Zarit Sofiyaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, uchrashuv doirasida oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’ati, noyob ijod namunalari, milliy liboslar bilan tanishgan, shuningdek, o‘zbek xalqining boy an’ana va urf-odatlari haqida batafsil ma’lumot olgan.



Bildirilishicha, samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan suhbat davomida xonimlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.



Live
Barchasi