Hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?

Jamiyat

image

Ertaga, 27 aprel kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet prognozida keltirilgan.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja, cho‘l hududlarida kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing