Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?
Bu qiziq
−
03 avgust 15358 2 daqiqa
O‘zgidromet 5-8 avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-6 avgustda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 31-36 daraja, 7-8 avgustda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 7 avgustda 33-38 daraja, 8 avgustda 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-16 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 5-7 avgustda 33-38 daraja, 8 avgustda 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 5-7 avgustda 33-38 daraja, 8 avgustda 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 5-7 avgustda 35-40 daraja, 8 avgustda 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 5-7 avgustda 32-37 daraja, 8 avgustda 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5-6 avgustda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7-8 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 5-7 avgustda 23-28 daraja, 8 avgustda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Live
Barchasi