“Hashar oshi” olib borgandim. Jizzaxda o‘qituvchi dalada paxta termaganini aytdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Jizzax shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Gulbahor Samadova 11 sentyabr kuni qabul qilingan “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan davlat mukofotiga – “Shuhrat” medaliga loyiq ko‘rilgani haqidagi xabarni paxta dalasida eshitgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng o‘qituvchining o‘zi QALAMPIR.UZ bilan bog‘lanib, holatga oydinlik kiritdi.

Gulbahor Samadovaning ma’lum qilishicha, u 14 sentyabr, yakshanba kuni o‘z xohishi bilan paxta dalasidagi mehnatkashlarni yo‘qlab taom olib borgan va bir gramm ham paxta termagan. Unvon bilan taqdirlangani haqidagi xabarni esa 11 sentyabr, payshanba kunida eshitgan, faqat u paxta dalasidaligi paytida taqdirlanish sanasi va joyi aytilgan hamda videoda shu nazarda tutilgan.

“Meni dalada paxta teradigan kuchim yo‘q, viloyatda madaniy ishlarda ham faol bo‘lganim uchun terimchilarni “hormang” deb yo‘qlab borgandim.  Bir gramm ham paxta termaganman. 35 yildan beri pedagog sifatida faoliyat yuritaman. O‘tgan yili viloyatda “Yilning eng jonkuyar ustozi” bo‘lganman. O‘quvchilarimning 3 nafari prezident maktablariga qabul qilindi. O‘qituvchi dalada ishlasa, bunday natijaga erisha olmaydi”, deydi muallima.

Ma’lumot uchun, Gulbahor Samadova 2022 yil Respublika Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “USTOZ-2022” tanlovida “Ta’lim sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun” yo‘nalishida 2-bosqichda Respublikada 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, sertifikat bilan, 2024 yil “Turon texnologiyalari akademiyasi” innovatsion ta’lim markazi va “Euro study edu” ilmiy markazlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ilm-fan bunyodkori-2024” Respublika ilmiy-amaliy tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi uchun sertifikat va Ilm-ma’rifat markazining 2024 yil 10 oktyabr kungi 5-sonli buyrug‘iga asosan, MDH miqyosida tashkil etilgan “Ilm-fan bunyodkori” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

2025 yil 15 mayda "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan “Ibratli oila” ko‘krak nishoniga loyiq ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax Shuhrat medali Gulbahor Samadova Ustoz mukofot uz Ilm-fan bunyodkori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing