“Hayvonlar shaharchasi 2” jahon prokatida rekord o‘rnatdi

Madaniyat-san’at

image

Premera qilinganiga bir hafta bo‘lmagan “Hayvonlar shaharchasi 2” (“Zootopia 2”) jahon prokatida 556 million dollar to‘pladi. Animatsion film rekord o‘rnatdi va AQSHdan tashqarida eng ko‘p daromad keltirgan multfilmga aylandi. Bu haqda “Deadline” xabar berdi.

Film premerasi tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan global startlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Ushbu reytingda dastlabki uch o‘rin ham Disney’ga tegishli. Bular – “Qasoskorlar: Final” (1,2 mlrd dollar), “Qasoskorlar: Cheksizlik jangi” (640,5 mln dollar) va “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” (600,5 mln dollar) kinokartinalaridir.

Multfilmning ikkinchi qismida yangi tayinlangan politsiyachilar Judi va Nik o‘zlarining munosabatlari ustida ishlashi uchun juftlik terapiyasiga yuboriladi. Ularning terapevti yangi qahramon – kvokka Fazzbi bo‘ladi. Jarayon davomida Nik va Judi yangi ishga jalb qilinadi. Ular hayvonlar megapolisini ag‘dar-to‘ntar qilgan zaharli ilon Garini to‘xtatishi kerak.

Ma’lumot uchun, “Hayvonlar shaharchasi” – bu Walt Disney Animation Studios tomonidan yaratilgan va 2016 yilda ekranlarga chiqqan mashhur animatsion film. Multfilm voqealari hayvonlar insonlar kabi yashaydigan katta va zamonaviy shahar – Zutopiyada kechadi. Bu shaharda turli hayvonlar birga tinch-totuv hayot kechiradi, o‘qiydi, ishlaydi va jamiyatning turli sohalarida faoliyat yuritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Hayvonlar shaharchasi Judi va Nik Zootopia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar