Hindiston 7 yil ichida ilk bor Eron neftini sotib oldi

Olam

image

Hindiston Yaqin Sharqdagi inqiroz fonida Eron neftini sotib olishni qayta tikladi. Bu haqda bugun, 4 aprel kuni Hindiston Neft va tabiiy gaz vazirligi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Tehrondan Hindistonga yetkazib berish AQSH sanksiyalari tufayli 2019 yilda to‘xtatilgan edi. “Reuters”ning yozishicha, o‘shandan beri Hindiston Eron neftini import qilmagan. Vazirlik kelishuvni to‘lov bilan bog‘liq muammolarsiz amalga oshirishga muvaffaq bo‘linganini qayd etgan.

“Yaqin Sharqda yetkazib berishdagi uzilishlar sharoitida Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari o‘zlarini zarur miqdordagi xom neft bilan ta’minladilar, jumladan Erondan ham. Tarqatilayotgan mish-mishlardan farqli o‘laroq, Eron nefti importi uchun to‘lovlarni amalga oshirishda hech qanday to‘siqlar yuzaga kelmadi”, deyiladi xabarda.

Bungacha “Bloomberg” Kpler tahliliy firmasi ma’lumotlariga tayanib, bugun, 4 aprel kuni Hindistonning Vadinar portiga yetib borishi kerak bo‘lgan Eron nefti ortilgan Ping Shun tankeri to‘lovdagi muammolar tufayli yo‘nalishini Xitoyga o‘zgartirgani haqida yozgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati dengizda bo‘lgan Eron neftini sotib olish bo‘yicha sanksiyalarni 30 kunga bekor qilgandi. AQSH bunday qarorni Eron bilan urush oqibatida yuzaga kelgan energetika inqirozi oqibatlarini yumshatish uchun asosiy siyosiy richaglari qolmagani sababli qabul qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Hindiston Neft'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing