Hindistondagi bayram paytida fil 1 kishini bosib o‘ldirdi (video)

Olam

image

Hindistonning Kerala shtatida ibodatxona bayrami vaqtida fil zanjirdan chiqib ketib, tartibsizlik uyushtirdi va bir erkakni bosib o‘ldirdi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.

Hodisa Angamali hududidagi ibodatxona yaqinida sodir bo‘lgan. Fil marosim uchun olib kelingan, biroq kutilmaganda tajovuzkor holatga o‘tgan.

Halok bo‘lgan shaxs 40 yoshli Vishnu bo‘lib, aynan u filni ibodatxonaga olib kelgan. Yana bir erkak – Pradip jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan.

Hujum vaqtida fil avtomobillar va skuterlarni ag‘darib tashlagan, tartibsizliklar qariyb ikki soat davom etgan. Oxir-oqibat hayvon tinchlantiruvchi vositalar yordamida uxlatilib, ibodatxona yaqinidagi daraxtga bog‘lab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maldiv orolida sayohatga kelgan ispaniyalik Borha ismli sayyohga akula hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston fil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing