Hokimlar ovi: Qirg‘izistonda yana bir hokim qo‘lga olindi (video)

Olam

image
“Hech kim ayalmaydi”. Japarov davlat pulini o‘marayotganlarga murojaat yo‘lladi north_east

“Hech kim ayalmaydi”. Japarov davlat pulini o‘marayotganlarga murojaat yo‘lladi

Qirg‘izistonning Qora-Bolta shahri hokimi Mirlan Ratinbekovich Jekshenov, uning qo‘l ostidagi xodim, pudratchi tashkilot rahbari va blogerlar hibsga olindi. Bu haqda bugun, 1 iyul kuni mamlakatning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib, AKIpress xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar moddiy manfaat ko‘rish maqsadida Xitoyda ishlab chiqarilgan 17 dona avtobusni oshirilgan narxlarda sotib olgan. Razvedka xizmatlarining ma’lum qilishicha, audit avtobuslarni sotib olish oqibatida byudjetga 17 million somdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlangan.

30 iyun kuni Qora-Bolta shahar hokimi Mirlan Jekshenov va “Yo‘l qurilish boshqarmasi” kommunal korxonasi rahbari S.Sh. hibsga olingan. Ular Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatoriga joylashtirildi.

Bundan tashqari, matbuot xizmati Qora-Bolta shahar hokimligiga 1 milliard som ajratish bo‘yicha bajarilgan ishlar dalolatnomalarini o‘rganish chog‘ida yo‘llarni ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi pudratchi tashkilot rahbarlaridan biri tomonidan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlarining ishini qoralash maqsadida blogerlarni yollagani haqida xabar berilgan edi.

“Blogerlar tomonidan pul mukofoti olish uchun provokatsion harakatlar tashkil etish, shuningdek, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlarini shantaj qilishga urinish holatlari hujjatlashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Oktyabr tuman sudining buyrug‘i bilan “Plaza” pudrat kompaniyasi rahbari M.M. va blogerlar Y.N., J.J., B.T. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Bishkek shahri hokim o‘rinbosari Taalaybek Boygaziyev pora olishda gumonlanib, hibsga olingandi. Shuningdek, To‘qmoq shahri hokimi Maqsad Nusuvaliyev hokimlik yig‘ilishi paytida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Toshiyevning buyrug‘i bilan hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston blogerlar Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi Mirlan Jekshenov Qora-Bolta shahri Hokimlar ovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing